ZiyoNETda – sayt - satellitlarni yaratish va ulardan foydalanish qoidalari

Mazkur Qoidalar ZiyoNET axborot resurs portalida sayt-satellitlarni yaratish va ulardan foydalanish shartlari tavsifidir. ZiyoNET sayt-satellitining egasiga aylangan foydalanuvchi quyida ko’rsatilgan Qoidalarning barcha shartlarini qabul qilib, ularga amal qilish majburiyatini oladi:

  1. ZiyoNET portalining sayt-satellitlari internet tarmog’idagi saytlar bilan ishlash va ularni boshqarish bilan tanishishning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Sayt-satellitlarning faoliyati internet tarmog’idagi axborot-ta'limiy resurslar bilan ishlashga o’rgatish hamda o’qituvchilar, o’quvchilar va barcha foydalanuvchilarning ushbu yo’nalishdagi ilm darajasini oshirishga qaratilgan. Sayt-satellitlar, sozlangan va ishlashga tayyorlangan Wordpress (CMS) kontentni boshqarish tizimida yaratiladi. Barcha sayt-satellitlar 3-darajali «zn.uz» domenida joylashgan;
  2. ZiyoNET portalida sayt olish huquqini faqatgina ID.UZ avtorizasiya tizimida ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchigina qo’lga kiritishi mumkin.
  3. Sayt-satellit ochishga talabnoma berilgandan so’ng, 3 kun ichida foydalanuvchining elektron pochta manziliga tasdiq yoki rad javobi haqidagi bildirishnoma yuboriladi.
  4. Sayt mazmuni – kontenti (maqola matnlari, rasmlar, video va –sayt-satellitda chiqarilgan boshqa resurslar) – uchun javobgarlik sayt egasining zimmasidadir.
  5. Barcha sayt-satellitlarning yangiliklar kiritilishi holati goh-goh tekshirib turiladi. Har bir sayt-satellitga oxirgi 3oy mobaynida kamida 5 ta maqola joylashtirilgan bo’lishi shart.
  6. Sayt-satellitlar o’zga saytlarni reklama qiluvchi va ommalashtiruvchi axborot maydonchasi hisoblanmaydi.
  7. ZiyoNET portalidagi sayt-satellitlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va umumiy ahloq normalariga zid bo’lgan, qolaversa, tajovuzkorlik, bosqinchilik, urush, irqchilik targ’ib etilgan materiallardan holi bo’lishi shart.
  8. Ushbu qoidalarga rioya qilinmagan holda, foydalanuvchining ro’yxatdan o’tish jarayonida ko’rsatib o’tilgan pochta manziliga kelgusi ikki hafta mobaynida yangilik kiritish kerakligi ko’rsatilgan ogohlantirish xati yuboriladi. Ogohlantirish yuborilgandan so’ng ikki hafta o’tgach foydalanuvchi saytiga yangi ma'lumot kiritmasa, sayt ma'muriyati saytni yopib qo’yish, keyinchalik esa saytni o’chirish huquqiga ega.
  9. ZiyoNET portalining ma'muriyati sayt-satellitlarning ishlash jarayonida texnik nosozliklar yuz berganida dasturiy ta'minotga oid texnik yordam ko’rsatadilar.
  10. ZiyoNET portalining ma'muriyati sayt ishlab chiqarish, uni to’ldirish va rivojlantirish ishlarini amalga oshirmaydi.

Для создания сайта-сателлита Вам нужно авторизоваться

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit